Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korzinka bilan yangi yilga yangi avtomobilda kirib boring!
Korzinka har yangi yil oldidan o‘z aksiyalari tarixidagi sovrinlar jamg‘armasini kengaytirib borishni an’anaga aylantirmoqda. 2026 yil oldidan supermarketlar tarmog‘i har hafta bittadan Chery avtomobili o‘ynaladigan “7 hafta - 7 avtomobil” aksiyasini boshladi.
Foto: Korzinka
Korzinka supermarketlar tarmog‘i mehmonlari, Korzinka Go xizmatidan foydalanuvchi mijozlar aksiyada jami 3 ta Chery Tiggo 2 Pro, 3 ta Chery Arrizo 6 Pro, 1 ta Chery 7 Pro avtomobillaridan birini yoki boshqa sovrinlarni yutib olishlari mumkin.
Ushbu aksiya savdo tarmog‘i tomonidan 2025 yil 12 noyabrdan 31 dekabrgacha Korzinka, Korzinka Mahalla supermarketlari va Korzinka Go onlayn supermarketida o‘tkaziladi hamda quyidagicha shartlarni o‘z ichiga oladi:
▫️ Korzinka mobil ilovasida aksiyadagi ishtirokni tasdiqlash;
▫️ Savdo tarmog‘iga aloqador, yuqorida sanab o‘tilgan offlayn supermarketlar hamda Korzinka Go onlayn supermarketida 200 000 so‘mdan ko‘proq xaridni amalga oshirish (chekdagi har 200 000 so‘m miqdori bir imkoniyatga teng, quyida imkoniyatlar hisoblash namunasi* keltirilgan);
▫️ Shuningdek, chekdagi shartli summadan tashqari, hamkorlar tovarlarining (Pepsi, Grass, Nestlé, Nescafé, Lipton, “365 kun”, “Iz Korzinki” kabi brendlardan) xaridi yutuqli o‘yinda ishtirok uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etadi;
▫️ Xaridlarga to‘lovni amalga oshirayotgan paytda Korzinka Plus kartasidan foydalanish (do‘kon kassasida uni ilova/kartadan skanerlash yoki Korzinka Go ilovasiga ulagan holda ishlatish) ushbu yuqoridagi shartlar bajarilgani holda xaridingizni aksiya uchun qayd etadi;
▫️ Yuqoridagi shartlarning barchasi bajarilgach, har hafta o‘tkaziladigan avtomobil yutuqli o‘yinlaridan eng yaqin birida (o‘yinlar o‘tkaziladigan sana haqida 2026.korzinka.uz saytidagi ommaviy ofertada batafsil ma’lumot keltirilgan, shuningdek, savdo tarmog‘ining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida ma’lumotlar berib boriladi) hamda darhol mobil ilovadagi sovrinli mini o‘yinda** ishtirok etish mumkin.
*Masalan, xarid chekingizdagi miqdor 200 000 so‘mdan ko‘proq va unda hamkor tovarlaridan biri bo‘lsa, yutuqli o‘yinda ishtirok uchun 2 imkoniyatga ega bo‘lasiz. Xarid chegingizdagi summa oshib borgani sari imkoniyatlaringiz soni ham oshib boradi — 400 000, 600 000, 800 000 so‘m miqdorli xaridlar mos ravishda 2, 3, 4 imkoniyatni keltiradi. 200 000 so‘mli xaridni amalga oshirmagan holda faqatgina hamkor tovaridan xarid qilish imkoniyat taqdim etmaydi.
**Mini o‘yinda yashirin kartochkalarni ochib, Korzinkadagi xaridlar uchun 100 000 nominalli elektron sertifikatlar, Korzinka Go xizmatidan bepul yetkazuvga vaucherlar, yangi yil oldidan xush kayfiyat ulashuvchi tabriknomalar yoki avtomobil o‘yinida ishtirok uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yutib olish mumkin.
❗️ Har hafta avtomobil yutish imkoniyatlari nollashtiriladi. Yangi hafta — yangi imkoniyatlarni anglatadi.
Aksiya va Korzinka supermarketlar tarmog‘iga oid so‘nggi yangiliklarni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalaridan kuzatib borish mumkin ( Korzinka nomidan boshqa sahifalar yoki platformalar orqali yutuqli aksiyalar haqida e’lon qilinmaydi).
▫️ Korzinka rasmiy sayti: www.korzinka.uz
▫️ Korzinka mobil ilovasini yuklab olish: https://korzinka.uz/app/uz
▫️ Facebook: fb.com/korzinkauz
▫️ Instagram: instagram.com/korzinkauz
▫️ O‘zbek tilidagi Telegram-kanal: t.me/korzinkauzb
▫️ Rus tilidagi Telegram-kanal: t.me/korzinkauz
Mavzuga oid
19:37 / 23.08.2025
Korzinka'dan OLX'gacha: so‘nggi oylardagi eng yirik biznes bitimlari
21:16 / 17.07.2024
Korzinka reklama bo‘yicha qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan deb topildi
11:19 / 15.07.2024
Raqobat qo‘mitasi «Korzinka»ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
12:49 / 30.04.2021