«Korzinka» supermarketlar tarmoği(«Anglesey Food» MÇJ) tomonidan tarqatilayotgan reklama axborotida «Kundalik xaridlarga eng arzon narx», «Eng arzon narx – Korzinka’da», «Eng unumlisiga keling!» degan iste’molçilarni çalğitadigan yoki çalğitişi mumkin bölgan jumlalardan foydalanilgan. Bu haqda Raqobat qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

«Xususan, «eng arzon narx» deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari böyiça narxlari boşqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan huddi şu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatildi. Reklamani bunday körinişda bölişi reklamadan foydalanuvçilarni çalğituvçi yoki çalğitişga olib keluvçi holat deyilişi mumkin», deyiladi qömita xabarida.

Yuqoridagilardan kelib çiqib «Reklama töğrisida»gi qonunning 16-moddasi birinçi qismi va «Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 6-moddasi birinçi qismi talablari buzilişi alomatlari yuzasidan «Anglesey Food» MÇJga nisbatan belgilangan tartibda iş qözğatilgan.