Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yomg‘irsiz noyabr davom etadimi?
Noyabr oyining qolgan qismida ob-havo qanday bo‘ladi? Dehqonlar intiqib kutayotgan yomg‘irlar yog‘adimi? Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Afsuski noyabrning ikkinchi yarmi ham respublika hududlarida favqulodda quruq o‘tishi tobora oydinlashmoqda. Vaziyat jiddiy: oyning 15-30 sanalarida respublikaning qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida deyarli bir tomchi ham yog‘ingarchilik kuzatilmasligi mumkin.
Joriy hafta joylarda issiq harorat saqlanadi. Holat oktyabrning ikkinchi yarmidagi ob-havoni eslatadi. Hafta haroratini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun g‘ayritabiiy issiq desa bo‘ladi.