Jamiyat | 09:03 / 20.11.2025
3076
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda YTHdan so‘ng elektromobil yonib ketdi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida elektromobil yonib ketdi. Yong‘in-qutqaruv xizmatlari hodisa joyiga qisqa fursatda yetib borib, yong‘inni bir necha daqiqa ichida bartaraf etdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Foto: FVV

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 noyabr kuni soat 22:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Dilobod” mahalla fuqarolar yig‘inining 6-dahasida elektromobil yo‘l-transport hodisasi natijasida yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaat asosida yong‘in-qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 23:04 da yetib borgan va yong‘in soat 23:06 da to‘liq o‘chirilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Yong‘in kelib chiqish sabablari yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv ishlari olib boriladi.

Mavzuga oid