Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda havo ifloslanishi kuchaydi: PM2,5 me’yordan 3,4 baravar oshdi
2025 yil 20 noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlariga asosan, Toshkent shahri atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispers zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 3,4 baravar yuqori qayd etildi. Aholi va mehmonlarga ochiq havodagi faoliyatini cheklash va niqob taqib yurish tavsiya etilmoqda.
Foto: O‘zgidromet
Atmosfera havosi ifloslanishi bo‘yicha avtomatik monitoring stansiyalari 2025 yil 20 noyabr kuni soat 09:00 holatiga quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etdi:
- PM10 mayda dispers zarrachalar miqdori — 299 mkg/m³, bu ruxsat etilgan me’yor (300 mkg/m³)dan oshmagan;
- PM2,5 mayda dispers zarrachalar miqdori — 202 mkg/m³, bu esa ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³)dan 3,4 baravar yuqori.
Ta’kidlanishicha, ko‘rsatkichlarning keskin oshishiga havo haroratidagi o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatgan. Haroratning keskin o‘zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning pastki qatlamda to‘planishi va atmosfera havosida ularning konsentratsiyasi oshishiga olib keladi.
Mas’ul idoralar mamlakat aholisi va Toshkent mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘ramoqda. Jumladan:
- ochiq havoda bo‘lishni, ayniqsa uzoq vaqt yurish va jismoniy faollikni cheklash;
- tashqariga chiqqanda, ayniqsa bolalar, keksalar va yurak-qon tomir hamda nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolarga niqob taqib yurish;
- imkoniyat boricha yopiq binolarda bo‘lish va eshik-romlarni mahkam yopish.
Havo sifati ko‘rsatkichlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot va rasmiy tavsiyalar mutasaddi idoralar tomonidan e’lon qilib boriladi.
Mavzuga oid
18:38 / 31.01.2026
Yashnoboddagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
17:07 / 31.01.2026
Yashnobod tumanidagi Aviator majmuasida yong‘in chiqdi
14:59 / 31.01.2026
Hududiy tengsizlik tashvishli darajaga yetdi. Sabablar nima?
14:12 / 31.01.2026