Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yana Germaniyaning asosiy savdo hamkoriga aylandi
Yanvardan sentabrgacha Xitoy mahsulotlarining Germaniyaga importi keskin oshdi. Nemis ekspertlari Xitoy kompaniyalarini dempingda ayblab, Yevropa Ittifoqidan boj joriy etishni talab qilmoqda.
Foto: picture-alliance/ZUMA Wire/Y. Fangping
Xitoy AQShni ortda qoldirib, yana Germaniyaning eng yirik tashqi savdo hamkoriga aylandi. Visbadendagi Germaniya Federal statistika idorasi 19 noyabr, chorshanba kuni ma’lum qilishicha, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida Xitoydan GFRga mahsulot importi hajmi 2024 yilning shu davriga nisbatan 8,5 foizga oshib, 124,5 milliard yevroni tashkil etdi. Ikki davlat o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi, ya’ni import va eksportni qo‘shib hisoblaganda, 185,9 milliard yevro darajasiga yetdi. Shu bilan birga, Germaniya tovarlarining Xitoyga eksporti 12,3 foizga kamayib, 61,4 milliard yevroni tashkil etgan.
2016 yildan 2023 yilgacha Xitoy Germaniyaning asosiy savdo hamkori bo‘lib kelgan. 2024 yilda esa birinchi o‘ringa AQSh chiqqan edi. Biroq joriy yil yanvaridan boshlab AQSh prezidenti Donald Trampning tarif siyosati tufayli Germaniya tovarlarining AQShga eksporti qisqardi va shu sabab umumiy savdo hajmi ham pasaydi.
Kyolnda joylashgan Nemis iqtisodiyoti instituti (IW) ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari AQSh bilan savdo urushi natijasida o‘z eksport yo‘nalishlarini Germaniya bozoriga burmoqda. Shu bilan birga, ushbu tovarlar narxi GFRda 2025 yilning birinchi yarmida bir yil oldingi shu davrga nisbatan o‘rtacha 4 foizga past bo‘lgan.
«Bu shunga ishora qiladiki, Xitoy yetkazib beruvchilari Germaniya bozoriga demping narxlarda kirishga intilmoqda», — deyiladi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi uchun IW tomonidan tayyorlangan hisobotda. IW eksperti Yurgen Mattes Bryusselni raqobat shartlarini yanada adolatli qilish uchun kompensatsiya bojlarini faolroq qo‘llashga chaqirdi.
Tadqiqotga ko‘ra, Xitoy importidan eng katta zarar ko‘rgan tarmoq Germaniya avtomobil sanoati bo‘ldi. 2025 yilning birinchi yarmida Xitoydan Germaniyaga gibrid avtomobillar importi 130 foizdan ko‘proqqa oshgan.
Mavzuga oid
11:47
So‘rov: nemislar hukumat va pensiya tizimidan norozi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025