Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni bepul o‘tash, haydovchilikka o‘qish xarajatlarini qoplash, shuningdek, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt summasining bir qismi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi, ushbu maqsad uchun alohida subsidiya ajratish amaliyoti esa bekor qilinadi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali:
- avtomototransport haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining A, B, D va DE toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;
- kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining to‘lov-kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda bu miqdor 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
- ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordam turlaridan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.
Mazkur tartib yoshlarning kasb-hunar egallashi, oliy va kasbiy ta’limga qo‘shilganlik darajasini oshirish, shu bilan birga, ijtimoiy yordamni manzilli va sharti aniq bo‘lgan mexanizmlar orqali taqdim etishga xizmat qilishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
09:22 / 15.05.2026
Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foizlik chegirma berilishi mumkin
08:51 / 07.03.2026
Ayrim talaba-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi
11:02 / 03.03.2026