Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida iliq havo bo‘lishi kutilmoqda
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi, bu me’yordan bir necha darajaga yuqoridir.
Foto: Kun.uz
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Harorat kechasi 0…+5 daraja, shimolda ba’zi joylarda –2 darajagacha, kunduzi +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Bu me’yoriy (o‘rtacha ko‘p yillik) qiymatlardan 2–4 darajaga yuqori.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan o‘rtacha esib turadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat kechasi +4…+6 daraja, kunduzi +15…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Mavzuga oid
13:47 / 04.05.2026
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
15:58 / 01.05.2026
Hafta oxirida harorat biroz pasayadi va yomg‘ir yog‘adi
11:52 / 27.04.2026