Jahon | 07:31 / 21.11.2025
10958
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy banklar oltin yig‘moqda: jahonda eng yirik zaxiralar qayerda?

Oltin hali ham eng ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan aktivlardan biri bo‘lib qolmoqda. Dunyo bo‘ylab markaziy banklar uning zaxiralarini ko‘paytirishda davom etmoqda, 2025 yilda esa oltinga bo‘lgan yuqori talab metall narxini rekord darajalarga olib chiqdi.

Foto: AP

Yangi infografika qaysi davlatlar eng yirik rasmiy oltin zaxiralariga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib beradi. Vizualizatsiya uchun ma’lumotlar BullionVault platformasi tomonidan taqdim qilingan bo‘lib, 2024 yil holatiga ko‘ra oltin hajmini tonnalarida aks ettiradi.

Katta farq bilan AQSh yetakchilik qilyapti: mamlakat oltin zaxirasi 8 133,5 tonnani tashkil etadi va o‘n yilliklar davomida deyarli o‘zgarmay kelmoqda. Bu oltinning asosiy qismi Fort-Noksda va Nyu-Yorkdagi Federal zaxira bankida saqlanadi.

Yevropaning eng yirik iqtisodiyotlari — Germaniya (3 352 tonna), Italiya (2 452 tonna) va Fransiya (2 437 tonna) jami 8 200 tonna oltinga ega, bu AQSh zaxiralariga deyarli teng. Bu ulkan zaxiralar — butun xalqaro pul tizimi asosi oltin bo‘lgan, urushdan keyingi Bretton-Vuds tizimi merosidir.

Xitoy oltin zaxirasini jadal oshirmoqda: 2019 yildagi 1 948 tonnadan 2024 yilga kelib 2 280 tonnagacha. Bu Pekinning AQSh g‘aznachiligi obligatsiyalariga sarmoyalarni qisqartirib, aktivlarni diversifikatsiya qilish va yuanning jahon sahnasidagi pozitsiyalarini mustahkamlash strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Rossiya 2 333 tonna oltin zaxirasiga ega bo‘lib, beshinchi o‘rinni egallaydi.

Turkiya (595 tonna) va Polsha (448 tonna) kabi boshqa rivojlanayotgan bozorlar ham o‘z zaxiralarini keskin oshirib, oltindan inflatsiya, valuta tavakkalchiliklari va geosiyosiy beqarorlikdan himoya vositasi sifatida foydalanmoqda.

Mavzuga oid