Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Neftchi» 24 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Bosh murabbiy Vitaliy Levchenko shogirdlari Superliga 29-turida «Qizilqum»ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu – Farg‘ona klubi tarixidagi oltinchi chempionlik.
Foto: O‘FA
Farg‘onaning «Neftchi» klubi 24 yildan so‘ng yana O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Farg‘onaliklar Superliga 29-turidan o‘rin olgan «Qizilqum»ga qarshi o‘z maydonidagi o‘yinda 4:1 hisobida ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
Mezbonlarning gollariga Alisher Odilov (2), Jamshid Iskanderov va Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, mehmonlarning goliga Shohruz Norxonov mualliflik qildi.
Bu natija «Neftchi»ga 64 ochko bilan muddatidan oldin chempionlikni keltirdi. Eng yaqin ta’qibchi – ikkinchi o‘rindagi «Paxtakor» hisobida 59 ochko bor.
Tojikistonlik bosh murabbiy Vitaliy Levchenko uchun «Neftchi»ni shohsupaning yuqori pog‘onasiga olib chiqishga 4 yil kerak bo‘ldi. 2022 yilda mutaxassis farg‘onaliklarni Superligadagi o‘rnini saqlab qolishga ko‘maklashgan edi. 2025 yilda oltin medallarni keltirdi.
«Neftchi» O‘zbekiston chempionatidagi g‘alabalari sonini 6 taga yetkazdi. Bu mutlaq rekordchi «Paxtakor» klubidan keyin ikkinchi ko‘rsatkich. Toshkentliklar 16 marta chempionlik tojini kiygan. Shuningdek, «Bunyodkor» 5 marta, «Lokomotiv» va «Do‘stlik» 2 martadan, MHSK, «Navbahor», «Nasaf» 1 martadan chempion bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:49
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026