Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Konstitutsiya kuni bayramini o‘tkazish dasturini tasdiqladi
Prezident tomonidan “O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyish imzolandi. Hujjat bilan Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.
Farmoyishga muvofiq, joylarda O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni bayramini Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik ruhiga hamohang, mazmunan boy va xalqchil tarzda nishonlashga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, bayram tadbirlarida:
- yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat kabi ezgu g‘oyalarning amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘z ifodasini topayotganini keng yoritish;
- “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish, Asosiy qonunning yangi tahriri asosida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganini tushuntirish;
- Konstitutsiya bayrami arafasida ta’lim tashkilotlarida Konstitutsiya darslarini atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud va adliya tizimi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar va xodimlari ishtirokida o‘tkazish belgilangan.
Farmoyish Konstitutsiya kunini ma’rifat va huquqiy ongni yuksaltirish, fuqarolarda Asosiy qonunga hurmat va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlash ruhida nishonlashga qaratilgan.
Mavzuga oid
21:20 / 20.05.2026
O‘zbekistonda 27 may – Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi
08:53 / 06.03.2026
8 mart munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
09:46 / 21.02.2026
2026 yilda ayrim bayramlar dam olish kunlariga to‘g‘ri keladi: xodimlar necha kun dam oladi?
18:44 / 11.02.2026