Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistondan opiy olib kirgan va sotmoqchi bo‘lgan shaxs qamoqqa olindi
Davlat xavfsizlik xizmati, bojxona va ichki ishlar organlari hamkorligida Samarqand viloyati Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan qariyb 1 kilogramm “opiy” moddasini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan, muqaddam sudlangan shaxs qo‘lga olindi va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir doirasida oldindan kuzatuvga olingan, Urgut tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs shartli xaridorga 993 gramm “opiy” moddasini 15 ming AQSh dollari evaziga sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovgacha tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, mazkur narkotik modda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda), 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sudgacha bo‘lgan jarayonda unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ta’kidlanishicha, Jinoyat kodeksining ushbu moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Mavzuga oid
18:36 / 12.01.2026
Tojikistonda 2026 yilgi Haj ziyorati narxi arzonladi
19:00 / 11.01.2026
Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi
12:40 / 10.01.2026
Nukus va Xo‘jaylida “opiy” savdosi fosh etildi: 1 kgdan ortiq modda musodara qilindi
13:40 / 09.01.2026