Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“10 oyda 15,5 trln so‘mlik utilizatsiya yig‘imi to‘lanmagan” – Otabek Bakirov
Iqtisodchi Otabek Bakirov utilizatsiya yig‘imi faqat import va raqobatga qarshi vositaga aylanib qolganiga e’tibor qaratdi. «Xitoydagi narxi 7745 dollardan boshlanadigan Seagull uchun 4120 dollar utilizatsiya yig‘imi to‘lanadi. Avtomobil qiymatining 53 foizi. Ayni paytda ichki yonuv dvigatelli Damas uchun yashirin qaror bilan utilizatsiya yig‘imi to‘lanmaydi. Qani bu yerda mantiq?» deya yozdi u.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 10 oyida 370 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, hukumat qarorida barcha ishlab chiqaruvchilar xuddi importchilar kabi avtomobillar uchun utilizatsiya yig‘imi to‘lashga majbur etib belgilanganiga qaramay, yashirin qaror va protokollar vositasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar utilizatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod qilingan. Shuning uchun utilizatsiya yig‘imi faqat importga va raqobatga qarshi vositaga aylanib qolgan (o‘tgan 5 yilda birorta utilizatsiya majmuasi bunyod etilmagani alohida muammo).
«Tasavvur qiling, monopolist va mahalliylashtiruvchi chayqovchilarda yashirin imtiyoz bo‘lmaganida ular 10 oy uchun kamida 15,5 trln so‘m utilizatsiya yig‘imi to‘lashi lozim bo‘lardi. Kelasi yildan utilizatsiya yig‘imining bir qismi Milliy ekologiya qo‘mitasiga borib tushishi inobatga olinsa, yangi supertuzilma bu muammoga alohida e’tibor berishi va utilizatsiya yig‘imini undirishda adolatli yondashuvni ta’minlash bo‘yicha o‘zgarishlar qilishi kerak bo‘ladi», deya yozdi iqtisodchi.

Bakirovning qo‘shimcha qilishicha, Xitoydagi narxi 7745 dollardan (93 million so‘m) boshlanadigan Seagull uchun 4120 dollar (49,4 million so‘m) utilizatsiya yig‘imi to‘lanadi (avtomobil qiymatining 53 foizi).
«Arzon va ekologik elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi ajdarho bojdan battar to‘siqqa aylangan. Butun O‘zbekiston iqtisodiyoti va tabiati uchun zararli bu to‘siq bitta kontora — o‘zi utilizatsiya yig‘imidan ozod bo‘lgan chayqovchi monopolist manfaatlari uchun qilingan. Ayni paytda 40 yildan beri chiqayotgan, ichki yonuv dvigatelli Damas uchun yashirin qaror bilan utilizatsiya yig‘imi to‘lanmaydi. Qani bu yerda mantiq?
20 yil avval Xitoyning, ayniqsa poytaxt Pekinning ekologiyasi hozirgi Toshkentnikidan battar bo‘lgan. Ular qanday qilib ekologiyani muvozanatlay oldi? Birinchi navbatda to‘g‘ri iqtisodiy qarorlar va iqtisodiy rag‘batlar bilan. Xususan yoppasiga elektromobillashtirish hisobiga», deya yozdi u.
Mavzuga oid
13:47 / 04.12.2025
Rossiyada yangi mashinalar sotuvi bir yilda 17,8 foizga tushib ketdi
17:00 / 03.12.2025
Leapmotor, GAC Aion va AITO endi rasman O‘zbekistonda, faqat Evolution Motorsʼda!
19:00 / 02.12.2025
BYD akkumulyator tizimidagi xavfli nuqson tufayli qariyb 90 ming avtomobilni qaytarib oladi
12:24 / 29.11.2025