Jahon | 22:49 / 24.11.2025
3878
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York aholisiga sinov tariqasida 12 ming dollardan kriptovaluta tarqatiladi

Loyiha raqamli aktivlardan ijtimoiy to‘lovlar uchun qanchalik foydalanish mumkinligini va ular kam ta’minlangan oilalarning moliyaviy barqarorligiga qanday ta’sir qilishini baholashga qaratilgan.

Foto: Getty images

AQSh Nyu-York shahrida sharsiz bazaviy daromadni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha yangi pilot loyiha ishga tushirilmoqda. Dasturda shaharning 160 nafar kam ta’minlangan aholisi ishtirok etadi va ularning har biri Coinbase tomonidan chiqarilgan USDC raqamli valutasida 12 ming dollardan oladi.

To‘lovlar har bir ishtirokchi uchun 12 ming dollarni tashkil etadi. Valuta - USDC, AQSh dollariga bog‘langan steyblkoin.

Mablag‘lar ikki bosqichda o‘tkaziladi: bir martalik yirik summa va keyin - oylik to‘lovlar.

Ishtirokchilar mablag‘larni erkin tasarruf etishi mumkin: saqlash, sarflash, naqd pulga almashtirish.

Dasturni GiveDirectly xayriya tashkiloti amalga oshiradi, moliyalashtirish qisman Coinbase tomonidan ta’minlanadi. Loyiha raqamli aktivlardan ijtimoiy to‘lovlar uchun qanchalik foydalanish mumkinligini va ular kam ta’minlangan oilalarning moliyaviy barqarorligiga qanday ta’sir qilishini baholashga qaratilgan.

Bu nima uchun kerak? Tashabbuskorlar quyidagilarni tushunishni xohlaydi: bazaviy daromad hayot sifatini yaxshilaydimi; davlat va xususiy ijtimoiy dasturlar uchun steyblkoindan ommaviy foydalanish mumkinmi; an’anaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlar uchun USDC qanchalik qulay?

Ishtirokchilar Nyu-Yorkning kam daromadli katta yoshli aholisi bo‘lib, ular moliyaviy muhtojlik mezonlari bo‘yicha tanlab olingan. Bu barcha shaharliklar uchun ommaviy dastur emas, balki cheklangan tajriba.

Agar loyiha muvaffaqiyatli bo‘lsa, u raqamli valutalar tezroq va shaffofroq to‘lov usuli sifatida ishlatiladigan kelajakdagi sharsiz bazaviy daromad dasturlari uchun namuna bo‘lishi mumkin.

Eksperiment, shuningdek, yirik kriptovaluta kompaniyasi bunday miqyosdagi ijtimoiy loyihani moliyalashtirishda ishtirok etgan birinchi misollardan biridir.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid