O‘zbekiston | 20:48 / 24.11.2025
8029
2 daqiqa o‘qiladi

Zoyir Mirzayev ayollarning tandirda non yopmay qo‘yganini tanqid qildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar tandirda non yopmay qo‘ygani sababli onkologik kasalliklar ko‘payganini aytdi. «Tandirda non yopgan ayolda rak kasali bo‘lmaydi», dedi u. Hokimning tushuntirishicha, tandir oldida organizm qiziydi, natijada qon tez aylanadi va tomirlarni tozalaydi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar orasida onkologik kasalliklar ko‘pligining sabablaridan biri sifatida ular tandirda non yopmay qo‘yganini ko‘rsatdi.

«Mahallalarga borganda, mahalla aylanamiz. Tandir yo‘q. Non yopmaymiz. Chiroyli qilib haligi makka unidan qo‘shib, qora bug‘doyni qo‘shib, qora non qilib berardi, u boshqacha edi. Chiroyli qilib xo‘jayinlarni ham achchiq bulkaga o‘rgatib oldik. Men Samarqandda ishlaganimda koreyalik dostor keldida, ayollarda saratonning ko‘payish sabablarini tahlil qildi. Nimaga ko‘payyapti, bu saraton kasalligi? 7-8 ta narsani yozgan. Kam harakatlilik birinchi o‘rinda turibdi. To‘rtinchi faktor — tandirda non yopmaslik degandi. Tandirda non yopgan ayolda rak kasali bo‘lmaydi. Sababi tandirning oldiga borganda organizm qiziydi, keyin qon ikki barobar tez aylanarkan organizmda. Shuning tezligida qon tomirlarni tozalab tashlarkan. Qon iflos bo‘lsa, qaysidir bezga mikrob qo‘shilib, sekin-sekin bezlar uyg‘onadi-ku. Bu faktorlardan bittasida. Shuni yo‘qotdik-da bizlar», — dedi Mirzayev.

Mavzuga oid