Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atmosferaga zarar yetkazayotgan 18 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilgan reydlarda atmosfera havosini muhofaza qilishga oid talablarlarni buzish bo‘yicha salkam 40 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Bunga yo‘l qo‘yganlarga 34,8 mln so‘m jarima qo‘llandi, 18 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Foto: Ekologiya qo‘mitasi
24 noyabr kuni kechqurungi soat 19:00 dan so‘ng Toshkent shahri va viloyatida atmosfera havosini ifloslantirishga qarshi kurash maqsadida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi.
Reydlar viloyatning Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlari, shuningdek, Toshkent shahrida 4 ta tezkor guruh tomonidan o‘tkazilgan. Tadbirlarga FVV, IIO va Milliy gvardiya xodimlari ham jalb qilingan.
Xususan, 103 ta korxona va iqtisodiy faoliyat yurituvchi obekt tekshirilib, ularning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga qay darajada rioya qilayotgani o‘rganilgan.
Natijada 38 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, bunga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan jami 34,8 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan. Shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va qonun talablarini buzgan 18 ta obekt faoliyati 10 kunga vaqtincha to‘xtatilgan.
Bundan avvalroq Ekologiya qo‘mitasi 1 dekabrgacha sanoat korxonalaridan atmosferaga zararli tashlamalar miqdorini ikki baravar kamaytirish, qurilish tashkilotlaridan esa havoni muhofaza qilish talablariga rioya etishni so‘ragandi. Qoidabuzarliklar faoliyat tugatilishi, jarima yoki jinoiy javobgarlik bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
09:59 / 26.11.2025
Xitoy kompaniyasi Navoiyda atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi
18:09 / 25.11.2025
Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari ishdan olindi
15:25 / 25.11.2025
Farg‘onada hokim o‘rinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatdi
14:38 / 25.11.2025