Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik qaytarildi
O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchixonasi diplomatlari sog‘ligida jiddiy muammolar bo‘lgan, hujjatlarisiz va og‘ir moddiy sharoitda qolgan vatandoshni shoshilinch tarzda repatriatsiya qilishga ko‘maklashdi. Hozirda u vatanga qaytarilib, tegishli tibbiy va ijtimoiy yordam bilan ta’minlanmoqda.
Foto: «Dunyo» AA
O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchixonasi diplomatlari xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» Axborot agentligi muxbiri.
Ma’lum qilinishicha, sog‘ligidagi jiddiy muammolar, jumladan, mikroinfarktni boshidan kechirgan fuqaro mamlakat elchixonasiga vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu fuqaro ko‘p yillar davomida Ozarboyjonda zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yashab kelgan. Doimiy ko‘chib yurishlar natijasida u shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ham yo‘qotgan.
Fuqaroning tibbiy holati, doimiy yashash joyining yo‘qligi va og‘ir moddiy ahvolini inobatga olgan holda, elchixona diplomatlari tomonidan uni shoshilinch ravishda repatriatsiya qilish choralari ko‘rildi. Jumladan, aviachipta sotib olish ham diplomatik muassasa tomonidan tashkil etildi.
Hozirgi kunda fuqaro vatanga muvaffaqiyatli qaytarilgan bo‘lib, tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan unga barcha zaruriy tibbiy hamda ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
20:05 / 06.05.2026
Hatto Zelenskiy ham keldi: Yerevandagi sammitlar nimadan darak?
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
09:57 / 02.04.2026