Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollar kursi 11 900 so‘mdan ham pasaydi
Bugun AQSh dollarining so‘mga nisbatan yangi rasmiy kursi 55 so‘mga pasayib, 11 881,6 so‘mga tushdi. Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin kurs 12 ming so‘mlik nuqtadan pastlagan edi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki AQSh dollariing so‘mga nisbatan rasmiy qiymatini 27 noyabr uchun 11 881 so‘m deb belgiladi.
Bu – 2023 yil 10 avgustda ro‘y bergan keskin devalvatsiyadan keyingi davr uchun yangi minimum ko‘rsatkich. O‘shanda kurs bir kunda 408 so‘mga ko‘tarilib, 11 667 so‘mdan 12 075 so‘mga yetgandi.

26 noyabr kuni tijorat banklaridan AQSh dollarini 11 940 so‘mdan boshlanadigan kurslarda sotib olish mumkin bo‘ldi. Banklar tomonidan Amerika valutasini xarid qilishning eng qimmat kursi esa 11 890 so‘mni tashkil etdi.
Yilning ilk kunida amalda bo‘lgan Markaziy bankning rasmiy kursi 12 920 so‘m edi. Shundan beri dollar 1039 so‘mga arzonlashib, milliy valutaning qadri 8 foizga mustahkamlandi.
Avvalroq, S&P xalqaro reyting agentligi o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi keyingi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi mumkinligini prognoz qilgandi:
- 2026 yilning oxirida – 12 592 so‘m;
- 2027 yilning oxirida – 13 158 so‘m;
- 2028 yilning oxirida – 13 751 so‘m.
So‘mning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. Xususan, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yaxshi bo‘lsa, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashadi. Aksincha, mamlakatda inflatsiya darajasi oshib ketsa, so‘mning qadri pasayadi. Tashqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
16:54 / 21.10.2025
Dollar kursi 12 ming so‘mgacha quladi
16:27 / 23.09.2025
2 yillik minimum. Dollar so‘mga nisbatan nega arzonlashyapti?
16:51 / 18.06.2025
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 10 oylikdagi eng past darajaga tushdi
10:50 / 18.02.2024