Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda chet elliklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi qoidalar joriy etiladi
2026 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan tartibga ko‘ra, Qozog‘istonda 90 kungacha vizasiz qolishi mumkin bo‘lgan barcha xorijliklar migratsiya politsiyasining axborot tizimi (IS MP) orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Qozog‘istonda migrantlarni ro‘yxatga olishning yangi qoidalari tasdiqlandi. Hujjat mamlakat ichki ishlar vaziri tomonidan 2025 yil 17 noyabrda imzolangan va 2026 yil 1 iyuldan kuchga kiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad migratsiya politsiyasining axborot tizimi (IS MP) orqali ro‘yxatga olish jarayonini to‘liq elektron shaklga o‘tkazishdir.
Yangi talablar Qozog‘istonda 90 kungacha vizasiz qolishi mumkin bo‘lgan barcha xorijliklarga, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli bo‘ladi.
Avvalgidek, xorijlik shaxs chegarani kesib o‘tgan kundan boshlab 30 kalendar kundan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tishi shart. Lekin endi jarayon to‘liq elektron bo‘ladi.
Endi migrant IS MP tizimiga ma’lumotlarni kiritadi: F.I.Sh., tug‘ilgan sanasi, pasport ma’lumotlari, Qozog‘istonda yashash manzili, uy-joy bergan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Uy-joyni taqdim etuvchi shaxs mobil ilovada xabarnoma oladi va ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlashi yoki rad etishi kerak.
Tasdiqlangandan so‘ng, migrantning shaxsiy kabinetida avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnoma paydo bo‘ladi.
Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin:
- noto‘g‘ri ma’lumotlar,
- Qozog‘istonda bo‘lish muddatini buzish,
- qabul qiluvchi tomonning ro‘yxatdan o‘tkazishni tasdiqlashni rad etishi.
Migrant manzilni o‘zgartirganda 5 ish kuni ichida yangi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish kerak. Eski manzil avtomatik ravishda olib tashlanadi.
Qayerda ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Turar joylarda, kvartiralarda, yotoqxonalarda, mehmonxonalarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida va odamlar yashashi uchun mo‘ljallangan boshqa joylarda.
Ro‘yxatdan o‘tkazish muddatining buzilishi yoki tasdiqlangan manzilning yo‘qligi quyidagilarga olib kelishi mumkin:
- ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga,
- jarimaga,
- deportatsiya.
Elektron tizim migrantga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- o‘z holatini nazorat qilish,
- ma’lumotnomani IS MP xizmati shaxsiy kabinetida ko‘rish,
- politsiya bilan nizoli vaziyatlardan qochish.
Qozog‘istonga yo‘l olganlarga tavsiyalar:
- yashash manzili qabul qiluvchi tomon tomonidan tasdiqlanganiga ishonch hosil qiling;
- ro‘yxatdan o‘tishning 30 kunlik muddatini o‘tkazib yubormang;
- boshqa manzilga ko‘chib o‘tishda - ma’lumotlarni besh ish kuni ichida yangilang;
- IS MP axborot tizimidagi maqomingizni kuzatib boring;
- elektron ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotnomasini saqlang.
Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik jarimalar, ro‘yxatdan o‘tishni rad etish yoki deportatsiya xavfini oshiradi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
10:25 / 12.06.2026