Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
Yangi qonunga ko‘ra, pora to‘g‘risidagi gap-so‘zlar ham jinoyat hisoblanadi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Tengrinews.
Ta’kidlanishicha, qonun bilan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni tartibga solish mexanizmi joriy etilmoqda, shuningdek, bunday to‘qnashuvning oldini olish va uni tartibga solish choralarini ko‘rmaganlik uchun javobgarlik mustahkamlanmoqda.
Bundan tashqari, hujjat davlat funksiyalarini bajarishga vakolatli shaxslarga tenglashtirilgan shaxslar doirasini kengaytiradi, yaqin qarindoshlar va boshqa aloqador shaxslarning birgalikdagi xizmati bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytiradi, shuningdek, davlat organlari va kvazidavlat sektori sub’yektlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tartibini modernizatsiya qiladi.
Xususan, davlat xizmatchilariga ishga qabul qilishda yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish majburiyati yuklanadi.
Qonunning yana bir muhim yangiligi — pora berish niyatining o‘zini jinoyat deb topishdir. Ham og‘zaki, ham yozma shaklda, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda pora taklifi yoki va’dasi jinoiy ta’qibga dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:56 / 04.07.2026
Dorixona ochishga litsenziya berish uchun pul talab qilgan mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:10 / 03.07.2026
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
08:19 / 02.07.2026