Texnologiya | 19:05 / 26.11.2025
4735
8 daqiqa o‘qiladi

WeChat’da ro‘yxatdan qanday o‘tish va foydalanish mumkin?

Xitoydagi raqamli muhit mahalliy platformalarga asoslangan: deyarli har bir xorijiy servisning xitoycha muqobili mavjud. Telegram’da yozish, Yandex orqali taksi chaqirish yoki Google Maps’da mehmonxona qidirishning iloji yo‘q - bu servislar bloklangan. Butun raqamli hayot WeChat orqali: unda muloqot qilishadi, xaridlar uchun to‘lashadi va xizmatlardan foydalanishadi.

Foto: Shutterstock

Keling, WeChat’ni qanday o‘rnatish, profilni sozlash, to‘lovlarni ulash va o‘rnatilgan xizmatlardan foydalanishni ko‘rib chiqamiz.

WeChat nima

WeChat — bu Xitoyda muloqot, to‘lov va turli xizmatlardan foydalanish uchun ishlatiladigan ilova. Uni Tencent kompaniyasi ishlab chiqqan va u bugungi kunda mamlakatning eng muhim raqamli platformalaridan biri hisoblanadi.

WeChat’da quyidagilar bor:

  • chatlar va qo‘ng‘iroqlar
  • «Lahzalar» shaxsiy lentasi
  • WeChat Pay orqali to‘lovlar
  • taksi, yetkazib berish xizmati, chipta sotib olish, shifokor qabuliga yozilish, universitetlar xizmatlari boshqalar uchun mini-ilovalar.

Barcha asosiy funksiyalar ilovaning o‘zida ishlaydi. Aksariyat do‘konlar,kafe, universitetlar va servislar aynan WeChat’ni aloqa va to‘lov vositasi sifatida qabul qiladi.

Xorijliklar uchun ham u mahalliy foydalanuvchilarga nisbatan kam ahamiyatga ega emas: WeChat’siz Xitoyda yashash qiyin bo‘ladi.

WeChat’da ro‘yxatdan qanday o‘tiladi

WeChat’da ro‘yxatdan o‘tish ilovani App Store yoki Google Play orqali o‘rnatishdan boshlanadi. Ilovani ishga tushirgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish sahifasini ochish, mamlakatni tanlash va telefon raqamini kiritish kerak. Unga SMS-kod yuboriladi va shu kod orqali raqam sizga tegishli ekani tasdiqlanadi. So‘ng ilova profil ismi va suratini ko‘rsatishni taklif qiladi — suratni keyinroq qo‘ysa ham bo‘ladi.

Ma’lumotlar kiritilganidan keyin majburiy tekshiruv paydo bo‘ladi: WeChat siz robot emasligingizni tasdiqlashingizni so‘raydi. Bu pazl, o‘xshash rasmlarni tanlash yoki boshqa oddiy test bo‘lishi mumkin. Ayrim foydalanuvchilarda ro‘yxatdan o‘tish shu bosqichda yakunlanadi va akkaunt ilovaning ilk ishga tushish jarayoniga o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 

Biroq Xitoydan tashqarida ro‘yxatdan o‘tganda, ilova ko‘pincha qo‘shimcha himoyani ishga tushiradi: WeChat «do‘st orqali tasdiqlash»ni so‘rashi mumkin. U holda QR-kod paydo bo‘ladi, uni faol WeChat akkaunti bor shaxsga yuborish kerak. U maxsus menyuda sizning ro‘yxatdan o‘tishingizni tasdiqlaydi, shundan so‘ng profil faollashtiriladi.

Barcha tekshiruvlardan o‘tgandan so‘ng akkaunt to‘liq ochiladi: chatlar, «Lahzalar» va mini-ilovalardan foydalanish mumkin bo‘ladi. WeChat Pay to‘lov tizimi alohida ulanadi, uni faollashtirish ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga kirmaydi va boshqa amallarni bajarish talab qilinadi.

WeChat’dagi asosiy funksiyalar

WeChat’da chatlar bor: oddiy xabarlar, ovozli xabarlar, videoqo‘ng‘iroqlar va guruhli yozishmalar.

asosiy funksiyalar

«Lahzalar» lentasiga suratlar va qisqa yozuvlar joylanadi, ularni faqat ro‘yxatingizdagi kontaktlar ko‘rishi mumkin. Ilova ichida mini-servislar bo‘limi bo‘lib, ularning barchasi WeChat ichida ishga tushadi, alohida ilovalarning keragi yo‘q, to‘lovlar uchun WeChat Pay’dan foydalaniladi.

WeChat Pay’ni qanday ulash mumkin

WeChat Pay to‘lovlar menyusi orqali ulanadi. Wallet bo‘limini ochish, «Karta qo‘shish»ni tanlash, ma’lumotlarni kiritish va bankdan kelgan SMS-kod orqali operatsiyani tasdiqlash kerak. Muvaffaqiyatli tekshiruvdan so‘ng karta hamyonda paydo bo‘ladi va QR-kod bo‘yicha hamda ilovadagi mini-servislarda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

kartani WeChat Pay’ga bog‘lash

WeChat’dagi mini-ilovalar

WeChat’da o‘rnatilgan mini-servislar bor. Ular oddiy ilova kabi, lekin WeChat ichida ishlaydi. Aksariya kundalik amaliyotlar aynan ular orqali bajariladi.

Mini-ilovalar orqali taksi chaqirish, taom buyurtma qilish, chipta sotib olish, metro xaritasini ko‘rish, kommunal xizmatlarga to‘lov qilish, velosiped ijaraga olish, shifokor qabuliga yozilish yoki dars jadvalini ko‘rish mumkin. Universitetlar, do‘konlar, banklar, transport kompaniyalari va davlat tashkilotlari o‘z servislarini mini-ilova shaklida ishga tushiradi, shu bois barcha xizmatlar bitta joyda mavjud.

o‘rnatilgan mini-ilovalar

Chet elliklar uchun bu Xitoy servislaridan foydalanishning eng qulay usuli hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi ingliz tilidagi saytga ega emas va faqat WeChat ichida ishlaydi.

WeChat «To‘lovlar va xizmatlar» bo‘limida eng ko‘p foydalaniladigan mini-ilovalar ro‘yxatini ko‘rsatadi. U hududga qarab o‘zgarishi mumkin, lekin odatda bir necha toifalarni o‘z ichiga oladi.

Kundalik servislarda mobil aloqa uchun to‘lov, kommunal to‘lovlar, tibbiy karta, Tencent xayriyalari va o‘yin ichidagi xaridlar joylashgan.

Transport bo‘limida: poyezd va samolyot chiptalari sotib olish, DiDi orqali taksi chaqirish, turistik servislar va mehmonxona qidirish mumkin.

taksi chaqirish, salomatlik va Brand Mall ilovalari

Xaridlar bloki: onlayn-do‘konlar, jamoaviy xaridlar, tadbirlarga chiptalar, arzonlashtirilgan savdo va ilgari ishlatilgan buyumlar marketpleyslari.

Mini-ilovalarni yuklab olishga hojat yo‘q. Ular darhol ochiladi va amallar tarixida saqlanib qoladi, ko‘p foydalanilganlari yuqorida turadi.

Ko‘p uchraydigan muammolar va ularning yechimlari

SMS-kod kelmayapti. Ba’zan xabarlar operator yoki WeChat himoya tizimi tomonidan bloklanishi mumkin. Raqamning xalqaro formatda to‘g‘ri yozilganini tekshiring, telefonni o‘chirib-yoqing yoki VPN’ni vaqtincha o‘chiring. Ko‘pincha 10-15 daqiqadan keyin kodni qaytadan so‘rash yordam beradi.

Do‘st orqali tasdiqlash” so‘ralyapti. Bu xorijda turib ro‘yxatdan o‘tishda uchraydigan oddiy himoya. WeChat akkaunti bor tanishingizga o‘z QR-kodingizni yuborishingiz kerak. Agar unday tanishingiz bo‘lmasa, tematik chatlarda yordam so‘rash mumkin.

Kartani WeChat Pay’ga bog‘lab bo‘lmayapti. Ko‘pincha muammoni ilova emas, bank keltirib chiqaradi: xalqaro operatsiyalar cheklangan, antifrod-filtrlar yoqilgan yoki kartadan Xitoy hududida foydalanib bo‘lmaydi. Boshqa kartani bog‘lashga urinib ko‘ring, mobil bankda onlayn to‘lovni yoqing yoki bankingizning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Ayrim mini-ilovalar ochilmayapti. Ayrim servislar faqat Xitoy kartalari, mobil operatorlari raqamlari yoki mahalliy ro‘yxat bilan ishlaydi. Bu telefonning xatosi emas, balki tizim tomonidan kiritilgan cheklov. Taksi chaqirish, yetkazib berish, chipta sotib olish, metro kabi ko‘plab xizmatlar xorijliklar uchun ham ochiq.

Mavzuga oid