Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harorat o‘zgarishi Toshkentda havo ifloslanishini kuchaytirdi
2025 yil 27 noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra olingan monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri atmosfera havosida RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan ikki baravar yuqori qayd etildi. Mutaxassislar bu holatga havo haroratining keskin o‘zgarishi va inversiya jarayoni sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Foto: O‘zgidromet
2025 yil 27 noyabr kuni soat 09:00 da atmosfera havosi ifloslanishini kuzatuvchi avtomatik stansiyalar ma’lumotlari asosida Toshkent shahri havo sifati baholandi.
Monitoring natijalariga ko‘ra:
- RM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 193,2 mkg/m³ ni tashkil etdi va ruxsat etilgan me’yor — 300 mkg/m³ dan oshmadi;
- RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori esa 121,1 mkg/m³ darajada qayd etildi, bu belgilangan me’yor — 60 mkg/m³ dan 2,02 marta yuqori.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ko‘rsatkichlarning keskin oshishiga havo haroratidagi o‘zgarishlar ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Haroratning keskin pasayishi yoki ko‘tarilishi natijasida atmosferada inversiya jarayoni yuzaga keladi. Bu holatda havoning pastki qatlamlari “qulflanib” qoladi, oqibatda mayda zarrachalar tarqalmasdan, muayyan balandlikda to‘planib qoladi va ularning konsentratsiyasi oshadi.
Shu munosabat bilan mutaxassislar aholini, ayniqsa, yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklari bo‘lgan shaxslarni havo ifloslanishi yuqori bo‘lgan vaqtlarda ko‘chada uzoq vaqt yurmaslikka, imkoni bo‘lsa niqoblardan foydalanishga hamda bolalar va keksalarni ehtiyot qilishga chaqirmoqda.
Atmosfera havosi holati yuzasidan monitoring ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:59
Hafta oxirida yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin
10:06 / 04.12.2025
Toshkentda havo ifloslanishi: 4 dekabr kuni ham RM2,5 me’yordan oshdi
10:21 / 03.12.2025
Toshkentda havo ifloslanishi: RM2,5 miqdori me’yordan 1,2 marta oshdi
14:10 / 02.12.2025