Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident 7 ta davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Rossiya, Tojikiston, Fransiya, Yaponiya, Latviya, Indoneziya va Gretsiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilari prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirdi.
27 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev favqulodda va muxtor elchilar – Gretsiya Respublikasidan Paraskevi Tseveleki, Indoneziya Respublikasidan Siti Ruhayni Juxayatin, Latviya Respublikasidan Girs Yaunzems, Fransiya Respublikasidan Valid Fuk, Rossiya Federatsiyasidan Aleksey Yerxov, Yaponiyadan Kendzi Xirata va Tojikiston Respublikasidan Nasriddin Ismatullodan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Davlat rahbari o‘z missiyasini boshlayotgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini samimiy tabrikladi. Hozirgi beqaror davrda, butun dunyoda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar keskinlashib borayotgan bir paytda diplomatlarning ishi tobora muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
– Sizlar bir necha oydan buyon yurtimizda bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimiz qanday jadal o‘zgarishlar ruhi bilan yashayotganiga va jahon diplomatiya markazlaridan biriga aylanib borayotganiga shaxsan guvoh bo‘lyapsiz, dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun elchilar vakillik qilayotgan mamlakat hukumatlariga alohida minnatdorlik bildirdi.
Marosim yakunida Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarga sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi, hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi, hududlar va xususiy sektor vakillari bilan faol hamkorlik qilishni tavsiya etdi.
O‘z navbatida, xorijiy diplomatlar samimiy qabul va samarali faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni faol rivojlantirish uchun professional tajribasi va bilimlarini to‘liq safarbar etishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
13:20
O‘zbekiston 2035 yilga qadar zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirish majburiyatini oldi
13:20
2030 yilgacha 17 ming MVtdan ortiq «yashil» energiya quvvatlari ishga tushiriladi
13:18
O‘zbekistonda 300 ta mahallada quyosh stansiyalari o‘rnatiladi
13:15