Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bankni tanlash huquqi beriladi
Markaziy bankning to‘lov tizimida jismoniy shaxslar uchun mobil raqamdan foydalangan holda bank hisobvaraqlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazmalar xizmati joriy qilinadi. Shuningdek, fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bank yoki elektron hamyon provayderini tanlash huquqi beriladi.
Markaziy bankning to‘lov tizimida jismoniy shaxslar uchun mobil raqamdan foydalangan holda ularning bank hisobvaraqlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazmalar xizmati joriy qilinadi. Regulyatorning tezkor to‘lovlar tizimida jismoniy shaxslar o‘rtasida “P2P” o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati ishlab chiqiladi va to‘lov xizmatlari ko‘rsatuvchilarga Open API ko‘rinishida taqdim etiladi.
Bu – 27 noyabr kuni imzolangan “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.
Unga ko‘ra, shuningdek, chakana bank xizmatlari va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatni rag‘batlantirish maqsadida majburiy mijozlar auditoriyasidan voz kechgan holda foydalanuvchilarga bank kartasini ochishda imkoniyatlar yaratiladi. Bunda fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bankini yoki elektron hamyon provayderini tanlash huquqi beriladi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari uchun universal QR-kod ham joriy etiladi. QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona standartlari tatbiq qilinadi.
Mavzuga oid
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
14:30 / 06.06.2026
Mobil telefon raqami orqali tezkor pul o‘tkazish tizimi ishga tushadi. U qanday ishlaydi?
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:51 / 27.05.2026