Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada yangi rekord: Pinnacle SkyTower mamlakatdagi eng baland binoga aylandi
Kanadada yangi turar joy osmono‘par binosi rekord o‘rnatib, mamlakatdagi eng baland bino maqomini qo‘lga kiritdi - qolaversa, u hali to‘liq qurib ham bo‘linmagan. Pinnacle SkyTower deb nomlangan ushbu inshoot qurilish yakunlangandan so‘ng Toronto shahrida 351,85 metrlik ultrabaland cho‘qqiga yetadi.
Osmono‘par bino loyihasi Hariri Pontarini Architecs byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Hozircha bino 100 qavatdan iborat, yakunda esa 106 qavatgacha ko‘tariladi. Uning balandligi bir necha oy mobaynida «Kanadadagi eng baland bino» unvonini saqlab turgan Foster and Partners tomonidan loyihalashtirilgan One Bloor West minorasini ortda qoldirdi.
Albatta, yon-atrofda mashhur CN Tower teleminorasi qad ko‘tarib turibdi, ammo u inshoot sifatida tasniflanadi, bino emas — shu sababli bevosita taqqoslashda hisobga olinmaydi. Ko‘lam, miqyos va hajmni his etish uchun: yangi osmono‘par bino G‘arbiy Yevropadagi istalgan binodan ancha baland, agar u AQShda joylashgan bo‘lganida, mamlakatdagi eng baland binolar rasmiy reytingining 12-o‘rnini egallagan bo‘lar edi.
Pinnacle SkyTower Ontario ko‘li va Toronto panoramalariga, jumladan mashhur CN Tower teleminorasiga qaragan manzaralarga ega bo‘ladi. Bino nozik siluyeti va yuqori tomon tortilib boruvchi aerodinamik shakli bilan ajralib turadi, uning tana qismi 12 ta qirradan iborat — bunday dizayn kuchli shamollarga barqaror turishga yordam beradi.
106 qavatda jami 958 ta turar joy appartamentlari, shuningdek, Le Meridien Toronto Pinnacle nomli yangi mehmonxona joylashadi. Balkonlar 88-qavatgacha o‘rnatiladi, «poldan shiftgacha» panoramali derazalari esa Ontario ko‘li va shahar gorizontiga hayratomuz manzaralar taqdim etadi.
Developer ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha 2026 yilda yakunlanib, shu yilning o‘zida birinchi ko‘chib kiruvchilarni qabul qila boshlashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:49 / 19.05.2026