Jahon | 17:35 / 29.11.2025
3547
2 daqiqa o‘qiladi

Airbus kompaniyasi A320 samolyotlarini ommaviy ravishda chaqirib oladi

Kompaniya samolyotlarning dasturiy ta’minotida muammoni aniqladi, endi u yangilanishi kerak.

Foto: AP /Frederic Lancelot

Airbus korporatsiyasi dasturiy ta’minotni o‘zgartirish uchun A320 oilasining «ko‘p sonli» samolyotlarini qaytarib olishini e’lon qildi, deb xabar berdi Reuters.

Reuters xabariga ko‘ra, bu dunyodagi samolyotlar parkining yarmiga ta’sir qiladi va ularning parvozini to‘xtatib qo‘yadi. Oqibatda ko‘plab mamlakatlarda reyslar bekor qilinishi yoki kechikishi mumkin.

Airbus korporatsiyasining ta’kidlashicha, yaqinda A320 oilasiga mansub samolyot bilan sodir bo‘lgan hodisa shuni ko‘rsatdiki, kuchli quyosh nuri parvozlarni boshqarish tizimlarining ishlashi uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga zarar yetkazishi mumkin.

Gap Meksikadan Qo‘shma Shtatlarga uchib ketayotganda balandligini keskin tarzda yo‘qotgan JetBlue samolyoti haqida ketmoqda.

Ta’kidlanishicha, dasturiy ta’minotni yangilash har bir samolyot uchun 2 soat vaqtni oladi.

Bu Airbus kompaniyasining 55 yillik tarixidagi samolyotlarni eng yirik ommaviy chaqirib olish holatidir. Ayni paytda A320 oilasiga mansub 11 mingdan ortiq samolyot mavjud.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid