Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika sohasida yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi
“O‘zenergoinspeksiya” va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Dadajon Isoqulov “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i, Abdumalik Nazirov esa “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning qaroriga muvofiq, Isoqulov Dadajon Aynaqulovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i etib tayinlandi.
D.Isoqulov tayinlovga qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shu bilan birga, tegishli qarorga asosan Nazirov Abdumalik Abdusalimovich “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
A.Nazirov ushbu tayinlovga qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga oid
12:03 / 23.10.2025
Gaz tarmoqlariga «gaz nasosi» o‘rnatish taqiqlanadi: xatarlar haqida ogohlantirish berildi
11:05 / 04.09.2025
Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
12:28 / 27.08.2025
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
11:04 / 26.08.2025