O‘zbekiston | 19:10 / 30.11.2025
4489
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda brakonerlar ekologiya inspektoriga kuch ishlatishdi

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida hokim o‘rinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgandi.

Foto: Videodan kadr

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ov qurollari bilan qurollangan bir guruh brakonerlar viloyat ekologiya boshqarmasi tezkor guruhi xodimi I. Xo‘jayevga kuch ishlatgan. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherbayev xabar berdi.

“Noqonuniy ov bilan shug‘ullangan brakonerlar ekologiya inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani holda o‘zlariga yordam uchun Buxoro viloyatidan "ko‘cha mafiyasi"dan iborat guruh chaqirib, ular yordamida qochib ketishga erishgan”, deb yozdi u o‘z telegram-kanalida.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida hokim o‘rinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgandi.

Ushbu voqea keng jamoatchilik e’tiboriga tushganidan so‘ng hokim o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi tergovi shaxsan bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.

Mavzuga oid