Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda havo ifloslanishi: RM2,5 miqdori me’yordan 1,2 marta oshdi
2025 yil 3 dekabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlariga binoan, Toshkent shahrida RM10 ko‘rsatkichi ruxsat etilgan me’yor doirasida qolgan bo‘lsa, RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori belgilangan me’yordan 1,2 marta oshgani qayd etildi.
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinganidek, 2025 yil 3 dekabr kuni soat 09:00 da atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari Toshkent shahri havosidagi mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasi bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etdi:
🔹 RM10 zarrachalar miqdori – 125 mkg/m³, bu ruxsat etilgan me’yor (300 mkg/m³)dan oshmagan;
🔹 RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori – 70,2 mkg/m³, bu esa ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³)dan 1,2 marta yuqori.
Ta’kidlanishicha, ko‘rsatkichlarning oshishiga havo haroratining keskin o‘zgarishi ham ta’sir ko‘rsatgan. Harorat keskin o‘zgarganda yuzaga keladigan inversiya jarayoni mayda zarrachalarning havo qatlamida to‘planishiga sabab bo‘ladi, bu esa atmosfera havosida ularning konsentratsiyasini oshiradi.
Mutaxassislar bunday holatlarda, ayniqsa, bolalar, keksa yoshdagi fuqarolar hamda nafas yo‘llari va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekayotgan shaxslarga ochiq havoda uzoq vaqt qolmaslik, imkoniyati boricha himoya niqoblaridan foydalanish kabi ehtiyot choralariga amal qilishni tavsiya etmoqda.

Mavzuga oid
10:06 / 04.12.2025
Toshkentda havo ifloslanishi: 4 dekabr kuni ham RM2,5 me’yordan oshdi
14:10 / 02.12.2025
“Suv sepish bilan ish bitmaydi” – Farg‘ona havosi hamon o‘ta zararli bo‘lib qolmoqda
10:14 / 02.12.2025
Toshkent havosida PM2,5 me’yordan 3,5 baravar yuqori qayd etildi
10:46 / 01.12.2025