Buxoro şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Toqayevning uçraşuvi bölib ötdi.
Özbekiston – Qozoğiston döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Muzokaralar avvalida Şavkat Mirziyoyev mehmonni yangi Konstitutsiya böyiça referendum muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.
Hududlarda muntazam ravişda norasmiy uçraşuvlar ötkaziş yaxşi an’anaga aylanib, ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni oçiq va konstruktiv muhokama qilişga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Ötgan yil noyabr oyida Qozoğiston prezidentining Özbekistonga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarning amaliy natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Barça darajalardagi aloqalar, jumladan, hukumatlararo va parlamentlararo hamkorlik faollaşdi.
Tovar ayirboşlaş barqaror ösib, ötgan yili 5 milliard dollarga yetdi. Avtomobilsozlik, infratuzilmani rivojlantiriş, logistika, elektrotexnika, quriliş materiallari va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Kimyo, geologiya, energetika, avtomobillar uçun butlovçi qismlarni işlab çiqariş va boşqa sohalardagi bir qator yangi taşabbuslar körib çiqildi.
Transport va logistika sohasida özaro boğliqlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Çegaraoldi infratuzilmani modernizatsiya qiliş, tösiqlarni bartaraf etiş va taşqi bozorlarga çiqişni ta’minlaydigan samarali transport yölaklarini yaratiş böyiça qöşma çora-tadbirlarni amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.

Şuningdek, tomonlar “Qambarota” gidroelektr stansiyasi qurilişi kabi yirik mintaqaviy loyihalarni jadallaştiriş va “yaşil” energiya eksporti böyiça taşabbuslarni ilgari suriş masalalarini ham muhokama qildilar.
Suv resurslaridan oqilona foydalaniş va mintaqaviy ekologik taşabbuslarni ilgari suriş, şu jumladan çegaradoş hududlarda “Toza havo” loyihalarini amalga oşiriş böyiça birgalikda işlaş muhimligi qayd etildi.
Yetakçilar innovatsion va yuqori texnologik sohalarda, jumladan, kosmik texnologiyalar, raqamlaştiriş, elektron tijorat va startaplarni qöllab-quvvatlaş borasidagi hamkorlikni rivojlantirişga intiliş qat’iyligini bildirdilar.

Madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştiriş, jumladan, madaniyat kunlari, yoşlar forumlarini ötkaziş, kreativ iqtisodiyot va turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga kelişib olindi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşdi.
Uçraşuv davomida boş vazirlar örinbosarlarining savdo-iqtisodiy kun tartibining dolzarb jihatlari, jumladan, yaqin istiqbolda özaro savdoni 10 milliard dollarga yetkaziş böyiça körilayotgan çoralar böyiça hisobotlari eşitildi.
Muzokara yakunida hukumatlarga erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi”ni qabul qiliş topşirildi.












