Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini bojsiz olib chiqish me’yorlari e’lon qilindi
Qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekistondan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini boj to‘lamasdan olib chiqish uchun aniq miqdoriy me’yorlar o‘rnatilgan.
Foto: O‘zA
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni respublika hududidan boj to‘lamasdan olib chiqish quyidagi miqdorlarda amalga oshirilishi mumkin:
- guruch – 3 kilogrammgacha;
- non-bulka mahsulotlari – 5 kilogrammgacha;
- go‘sht va go‘sht oziq-ovqat mahsulotlari – 2 kilogrammgacha;
- shakar – 2 kilogrammgacha;
- o‘simlik yog‘i – 2 kilogrammgacha;
- yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli o‘simliklar hamda quritilgan sabzavot va mevalar – 40 kilogrammgacha.
Ma’lumot uchun, ko‘rsatilgan me’yorlardan ortiq miqdorda tovarlar olib chiqish bojxona qonunchiligiga muvofiq tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
Mavzuga oid
11:31 / 17.02.2026
Toshkentda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi
07:21 / 17.02.2026
Qaysi davlatlarda aholining katta qismi bepul oziq-ovqat oladi?
09:39 / 27.01.2026
Tramp Janubiy Koreya uchun bojlarni 25 foizgacha oshirishini e’lon qildi
09:31 / 22.01.2026