Qişloq xöjaligi salohiyati tahliliga köra, oldingi safda qahva, soya, makkajöxori, şakarqamiş va mol göşti kabi asosiy eksport mahsulotlarini işlab çiqarayotgan Braziliya turibdi. Uning ortidan Argentina bormoqda: u soya, makkajöxori, buğdoy va mol göşti böyiça yuqori körsatkiçlarni namoyiş etib, Janubiy Amerika mintaqasining “dunyo don ombori” sifatidagi rolini mustahkamlamoqda.

Yangi dinamika Market Data Forecast tahlilçilari prognozlariga mos keladi. Ularga köra, Lotin Amerikasi agrar bozori oziq-ovqat, bioyonilği va qişloq xöjaligi eksportiga bölgan jahon talabining ösişi fonida barqaror ösişni davom ettiradi.

Braziliya dunyodagi eng yirik qahva işlab çiqaruvçi va soya hamda mol göştining yetakçi eksportçilaridan biri bölib qolmoqda. Işlab çiqariş miqyosi va qişloq xöjaligining diversifikatsiyasi uni global oziq-ovqat zanjirlarining hal qiluvçi böğiniga aylantirgan.

Argentina esa, öz navbatida, jahon don bozorida öta muhim örin tutadi. Soya şroti va makkajöxorining yetakçi eksportçilaridan biri sifatida u Osiyo va Yevropa mamlakatlariga yetkazib berişni ta’minlamoqda.

World Visualized

Mutaxassislar qayd etişiça, taşqi bozorlardagi barqaror talab va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş yaqin yillarda ham uşbu tarmoqlar ösişini qöllab-quvvatlaydi.

Eng yirik iqtisodiyotlardan taşqari, mintaqaning qişloq xöjaligi yaqqol ifodalangan ixtisoslaşuvi bilan ham ajralib turadi.

Meksika yuqori daromad keltiradigan ekinlar — avokado, pomidor va mevalar eksportida kuçli pozitsiyalarni şakllantirgan. Bunga AQŞga yaqinlik va qulay savdo kelişuvlari yordam bermoqda. Bugungi kunda Meksika dunyodagi yetakçi avokado eksportçilaridan biri hisoblanadi.

Kolumbiya va Ekvador tropik mahsulotlarga ixtisoslaşgan. Kolumbiya özining qahvasi va gullari bilan maşhur bölsa, Ekvador banan eksportida yetakçi örinlarni egallab turibdi va qisqiçbaqa yetiştirişni ham faol rivojlantirmoqda.

Peru va Çili premium toifadagi qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beruvçi sifatida öz örnini mustahkamladi. Peru avokado, uzum va sparja eksportni faol oşirmoqda, Çili esa mevalar va raqobatbardoş losos yetiştiriş tarmoğiga tayanmoqda.

Market Data Forecast ma’lumotlariga köra, bunday diversifikatsiya mintaqaga oz sonli tovarlarga qaramlikni kamaytiriş va yuqori foyda keltiradigan eksport bozorlariga çiqişga yordam bermoqda.

Lotin Amerikasi qişloq xöjaligining kengayişi jahon oziq-ovqat xavfsizligi böyiça xavotirlar ortib borayotgan bir paytda yuz bermoqda. Mintaqa soya, makkajöxori, qahva va mol göştining jahon eksportida salmoqli uluşni egallab, xalqaro ta’minotda muhim rol öynamoqda.

Hatto Paragvay va Urugvay kabi nisbatan kiçik davlatlar ham soya işlab çiqariş, mol göşti va sut mahsulotlari eksporti orqali sezilarli hissa qöşmoqda. Kosta-Rika esa qahva, banan va ananasning muhim yetkazib beruvçisi bölib qolmoqda.

Tahlilçilar ta’kidlaşiça, qulay iqlim, keng yer resurslari va agrotexnologiyalarga kiritilayotgan investitsiyalarning oşib borişi mintaqaning raqobat ustunliklarini kuçaytirmoqda hamda uning jahon maydonidagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda.