Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
Dunyoda ayrim davlatlar o‘rtasidagi chegaralar minglab kilometrlarga cho‘zilgan. Taqdim etilgan yangi infografikada mamlakatlar orasidagi eng uzun quruqlikdagi chegaralar yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Foto: REUTERS
Statista ma’lumotlariga ko‘ra, eng uzun chegara AQSh va Kanada o‘rtasidan o‘tadi. Ikki qismdan iborat bu chegaraning umumiy uzunligi 8893 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, uzunligi 6400 kilometrdan ortiq bo‘lgan janubiy chegara ham alohida reyting tuzilsa, unga kiradi.
Ikkinchi o‘rinni Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara egallaydi, uning uzunligi 7644 kilometr. Uchinchi o‘ringa esa Argentina va Chili o‘rtasidagi 6416 kilometrlik chegara kirgan.
Xitoy va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi chegara uzunligi 4630 kilometrni, Hindiston va Bangladesh o‘rtasidagi chegara esa 4142 kilometrni tashkil etadi.
Keyingi o‘rinlarda yana Rossiya bilan bog‘liq chegaralar keladi: Rossiya–Xitoy chegarasi 4133 kilometr, Rossiya–Mo‘g‘uliston chegarasi esa 3452 kilometrga teng. Shuningdek, birinchi o‘ntalikka Boliviya va Braziliya, Hindiston va Pokiston, shuningdek AQSh va Meksika o‘rtasidagi chegaralar ham kirgan.
Davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning aniq uzunligi manbalarga qarab biroz farq qilishi mumkin. Ammo bu o‘zgarishlar mamlakatlarning reytingdagi o‘rnini deyarli o‘zgartirmaydi.
Mavzuga oid
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
19:09 / 05.12.2025
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
18:02 / 05.12.2025
O‘zbekiston 2024 yilda Rossiyadan 39 mln dollar qarz oldi
14:47 / 05.12.2025