Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beninda ham harbiy to‘ntarish amalga oshirildi
Beninda harbiylar milliy televideniye efirida prezident Patris Talonni ag‘darishgani va hokimiyatni qo‘lga olishgani haqida e’lon qilishdi. Konstitutsiya amal qilishi to‘xtagani, barcha quruqlik chegaralari, shuningdek, mamlakat havo kengligi yopilgan. Mamlakat boshqaruvi vaqtincha podpolkovnik Tigri Paskal boshchiligidagi harbiy kengashga o‘tgan.
Foto: BTV
Fransiyaning Benindagi elchixonasi xabarida aytilishicha, prezidentning Kotonu shahridagi (poytaxt emas) qarorgohi hududida otishma ovozlari eshitilgan. Elchixona Fransiya fuqarolarini xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘z uylarini tark etmaslikka chaqirgan.
O‘zlarini «Qayta qurish bo‘yicha harbiy qo‘mita» deb atagan harbiylar davlat televideniyesi orqali chiqishida maxsus yig‘ilish o‘tkazilgani va unda «Patris Talonni respublika prezidenti lavozimidan chetlatish» to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.
Biroq Talon yaqinlari prezident xavfsiz joyda ekanini aytmoqda.
«Bu faqat televideniyeni nazorat qilayotgan kichik bir guruh. Muntazam armiya nazoratni tiklamoqda. Shahar va mamlakat to‘liq xavfsizlikda», – deyiladi prezident ofisining AFP agentligiga bergan izohida.
67 yoshli Talonning ikkinchi vakolat muddati 2026 yil bahorigacha, navbatdagi prezidentlik saylovlari aprel oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Talon – Beninda «paxta qiroli» sifatida mashhur bo‘lgan yirik tadbirkor hisoblanadi. U 2016 yilgi saylovlar natijasida hokimiyatga kelgandi. Talon uchinchi muddatga saylanmaslikka va’da bergan va o‘z vorisini ham ma’lum qilgandi.
G‘arbiy Afrikaning ushbu davlatidagi to‘ntarish qo‘shni Gvineye-Bisauda prezident Umaro Sissoko Embalo hokimiyatdan ag‘darilganidan o‘n kuncha vaqt o‘tib sodir bo‘lmoqda.
G‘arbiy Afrikada so‘nggi yillarda bir necha bor davlat to‘ntarishlari amalga oshirildi, xususan, Burkina-Faso, Gvineya, Mali va Nigerda harbiylar hokimiyat tepasiga keldi, bu esa mintaqada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashishi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi.
Mavzuga oid
22:44 / 07.12.2025
Benindagi davlat to‘ntarishi tashkilotchisi qochib ketdi
20:23 / 12.10.2025
Madagaskarda harbiy to‘ntarishga urinish amalga oshirildi
20:22 / 26.10.2024
Myanma sobiq yetakchisining kuyovi Facebookʼdagi postlari uchun hibsga olindi
13:29 / 14.09.2024