Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
Global tarmoqning vazifasi a’zo shaharlar o‘rtasida muloqot va o‘zaro ta’limni rag‘batlantirish, aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ushbu sohadagi yutuqlarni rag‘batlantirish va umr davomida ta’lim olish amaliyotini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Foto: Kun.uz
YuNESKO Nukus va Samarqand shaharlari tashkilotning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shilganini e’lon qildi.
YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘i dunyoning dinamik shaharlarini birlashtiradi, ularda ta’lim kundalik hayotning ajralmas qismi hisoblanadi - maktablarda, ish joylarida, kutubxonalarda, uylarda va jamoat joylarida.
Tashkilot qaroriga ko‘ra, dunyoning 45 mamlakatidan 70 ta nomzod shahar ushbu tarmoqqa kiritildi.
Global tarmoqning vazifasi a’zo shaharlar o‘rtasida muloqot va o‘zaro ta’limni rag‘batlantirish, aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ushbu sohadagi yutuqlarni rag‘batlantirish va umr davomida ta’lim olish amaliyotini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Mavzuga oid
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026
Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14:43 / 28.01.2026