Ko‘chmas mulk | 08:20 / 09.12.2025
725
2 daqiqa o‘qiladi

Ixtisoslashtirilgan qurilish: Toshkent shahri va Toshkent viloyati yetakchi o‘rinda

2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda 25,3 trln so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmning eng katta qismi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Kun.uz 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 10 oyida quyidagi hajmda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 561,2 mlrd so‘m;
  • Andijon viloyati — 648,2 mlrd so‘m;
  • Buxoro viloyati — 1,2 trln so‘m;
  • Jizzax viloyati — 422,5 mlrd so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 2 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati — 443,2 mlrd so‘m;
  • Namangan viloyati — 1,5 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati — 571,4 mlrd so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 499,8 mlrd so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 210,2 mlrd so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 1,1 trln so‘m;
  • Xorazm viloyati — 366,2 mlrd so‘m;
  • Toshkent viloyati — 3,8 trln so‘m;
  • Toshkent shahri — 12 trln so‘m.

Shu tariqa, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi bo‘yicha Toshkent shahri mutlaq yetakchi hisoblanib, undan keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati, Qashqadaryo, Namangan va Buxoro viloyatlari egallamoqda.

Mavzuga oid