O‘zbekiston | 11:44 / 09.12.2025
4597
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida qor yog‘ishda davom etmoqda

Qamchiq dovoni hududida qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Yo‘l qoplamasida muzlamalar shakllanmasligi va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus xizmatlar tun-u kun kuchaytirilgan tartibda ish olib bormoqda.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, dovon orqali o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida yo‘llarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf etish hamda avtotransport vositalari uchun munosib harakat sharoiti yaratish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari to‘xtovsiz amalga oshirilmoqda. Maxsus texnika va yo‘l xo‘jaligi xodimlari doimiy navbatchilik asosida xizmat qilmoqda.

Yo‘ldan foydalanuvchi haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga alohida e’tibor qaratish, tezlikni me’yordan oshirmaslik, qoidalarga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish so‘ralmoqda.

Mutasaddilar imkoni boricha yolg‘iz harakatlanmaslik, avtoulovlar orasidagi masofani saqlash va ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda tejamkor, xavfsiz haydash uslubini qo‘llashni tavsiya etmoqda.

Mavzuga oid