Ma’lum qilinişiça, dovon orqali ötuvçi A-373 avtomobil yölida yöllarni qordan tozalaş, muzlamalarni bartaraf etiş hamda avtotransport vositalari uçun munosib harakat şaroiti yaratiş maqsadida qum-tuz aralaşmasini sepiş işlari töxtovsiz amalga oşirilmoqda. Maxsus texnika va yöl xöjaligi xodimlari doimiy navbatçilik asosida xizmat qilmoqda.
Yöldan foydalanuvçi haydovçilardan boşqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga alohida e’tibor qaratiş, tezlikni me’yordan oşirmaslik, qoidalarga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan harakatlaniş söralmoqda.
Mutasaddilar imkoni boriça yolğiz harakatlanmaslik, avtoulovlar orasidagi masofani saqlaş va ob-havo şaroitidan kelib çiqqan holda tejamkor, xavfsiz haydaş uslubini qöllaşni tavsiya etmoqda.












