O‘zbekiston | 12:49
454
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi yetishtirishda yuqori natijalar qayd etildi

Paxtachilikda ilm-fan yutuqlari, intensiv agrotexnologiyalar va yuqori unumdor xorijiy navlar qo‘llangani natijasida bu yil 875 ming gektar maydonda dehqon va fermerlar tomonidan 4 million tonnaga yaqin hosil olindi, o‘rtacha hosildorlik esa ilk bor gektariga 46 sentnerga yetdi. G‘alla va sholi yetishtirishda ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilishi hisobiga yuz millionlab kub metr suv ekonom qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan muloqotida ta’kidlanishicha, respublika bo‘ylab 3 mingdan ziyod fermer gektaridan o‘rtacha 50–60 sentner, ularning 1,5 mingga yaqini esa 70 sentner atrofida hosil olib, paxtachilikda o‘z “tajriba maktabi”ni yaratdi.

G‘alla yetishtirishda ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi: yangi mahalliy navlar va biotexnologiyalar asosida 8 million 400 ming tonna xirmon yaratildi, o‘rtacha hosildorlik gektariga 85 sentnerga yetdi. Bu ko‘rsatkichga erishishda har bir gektardan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod g‘allakor fermerning hissasi alohida qayd etilmoqda.

Sholikorlar 268 ming gektar maydonga sholi ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, o‘rtacha hosildorlik gektariga 50 sentnerni tashkil etdi. Suv tanqisligi sharoitida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgani va 45 ming gektarda sholi ko‘chat usulida ekilgani natijasida 350 million kub metrga yaqin suv tejalgani ta’kidlanmoqda.

Mavzuga oid