Ko‘chmas mulk | 14:40
1046
2 daqiqa o‘qiladi

Statistika: O‘zbekiston aholisining asosiy qismi xususiy hovlilarga ega

2025 yil yanvar–sentabr oylaridagi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari natijalari asosida O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining 88,1 foizi alohida uy (xususiy hovli)larda istiqomat qilmoqda. Ko‘p kvartirali uylarda yashovchi uy xo‘jaliklari ulushi esa 11,7 foizni tashkil etdi.

Foto: O‘zA

Milliy statistika qo‘mitasining 2025 yil yanvar–sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlari mamlakatda aholining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishini namoyon etmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining 88,1 foizi alohida uy (xususiy hovli)larda istiqomat qiladi. Bu ko‘rsatkich xususiy hovli turidagi turar joylar hali ham O‘zbekiston uy-joy infratuzilmasida ustuvor o‘rinni egallashini anglatadi.

Shu bilan birga, uy xo‘jaliklarining 11,7 foizi ko‘p kvartirali uylarda yashaydi. Urbanizatsiya jarayonlari, yirik shaharlarda ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilishi va ipoteka bozorining rivojlanishi ushbu segment ulushining bosqichma-bosqich ortayotganini ko‘rsatmoqda.

Qolgan 0,2 foiz uy xo‘jaliklari boshqa turdagi uy-joylarda – vaqtinchalik turar joylar, xizmat uylari yoki noan’anaviy turar joy shakllarida istiqomat qilayotgani qayd etilgan.

Ushbu statistik ma’lumotlar uy-joy siyosati, shaharsozlik rejalashtirishi, infratuzilma va kommunal xizmatlarni rivojlantirish, qishloq va shahar hududlarini mutanosib rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid