Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SamAutoʼdagi davlat ulushini xususiylashtirish yakunlandi
Kelishuvga ko‘ra, Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasi sotib olinayotgan 75,2 foiz davlat ulushi uchun 80 mln dollar to‘laydi va korxonani rivojlantirish uchun yana 80 mln dollar investitsiya kiritish majburiyatini oladi.
Foto: SamAuto
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand avtomobil zavodining ustav kapitalidagi 75,2 foiz davlat ulushini Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasiga sotish bo‘yicha bitim yakunlanganini ma’lum qildi.
Kelishuvga ko‘ra, Anadolu Isuzu sotib olinayotgan ulush uchun 80 mln dollar to‘laydi va korxonani rivojlantirish uchun yana 80 mln dollar investitsiya kiritish majburiyatini oladi.
«Bitimni amalga oshirish uchun investor tomonidan Turkiya Respublikasining tegishli tartibga soluvchi organlaridan barcha zarur ruxsatnomalar olinib, SamAuto ustav kapitalidagi 75,2 foiz davlat ulushini sotib olish bo‘yicha joriy yil 19 noyabr kuni oldi-sotdi shartnomasi imzolandi va 9 dekabr kuni 80 mln AQSh dollari miqdoridagi sotib olish to‘lovi Davlat aktivlari agentligining Xususiylashtirish jamg‘armasiga kelib tushdi. O‘z navbatida, Xususiylashtirish jamg‘armasidan 1 trln so‘m miqdoridagi mablag‘ joriy yil 10 dekabr kuni respublika budjetiga o‘tkazildi», deyiladi Davaktiv xabarida.
Mavzuga oid
16:33 / 30.09.2025
Samarqand avtomobil zavodi 80 mln dollarga sotildi
18:20 / 05.04.2025
Anadolu Isuzu SamAutoʼning nazorat paketini sotib olmoqchi
17:00 / 31.10.2024
SamAuto “Komtrans Tashkent 2024” ko‘rgazmasida O‘zbekistondagi eng yangi past polli avtobus prototipini taqdim etdi
10:00 / 30.11.2023