Samarqand avtomobil zavodi 30 yilligini o‘zining faol transformatsiyasi bosqichida nishonlamoqda. Ushbu shonli sanaga atab kompaniya hujjatli filmni taqdim etdi, unda zavod bosib o‘tgan yo‘l: eng birinchi yig‘ilgan mashinalardan to O‘zbekiston tijorat transporti bozorining eng yirik qatnashchisi maqomigacha aks etgan.

SamAuto evolyutsion rivojlanishining uchta o‘n yilligi
SamAuto brendining tarixi 30 yil oldin — kompaniya 1996 yilda ta’sis etilgandan boshlangan. Uch yil o‘tgach, ilk konveyer ishga tushirildi va mana, 27 yildan buyon zavod uzluksiz ishlab chiqarish siklini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu davr davomida korxona birinchi beshta bazaviy modellarni yig‘ishdan to portfelida 150 dan ziyod modifikatsiyadagi texnika mavjud bo‘lgan zamonaviy avtomatlashtirilgan kompleksni yaratishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Brendning ko‘lamini raqamlar tasdiqlaydi: O‘zbekistondagi har beshta tijoriy transportning biri – tez yordam avtomobili va o‘t o‘chirish mashinasidan to shahar avtobuslari va pikaplargacha – SamAuto zavodida ishlab chiqarilgan. O‘zbekistonda foydalanishda bo‘lgan texnikaning umumiy parki 60 000 donadan oshadi. O‘zlashtirilgan komponentlar turlarining soni 10 barobarga – 2 000 nomdan 20 000 gacha o‘sdi. Ushbu katta tajriba va to‘plangan ishlab chiqarish bazasi rivojlanishning joriy bosqichi va Anadolu Isuzu shaxsida global investorni jalb qilish uchun poydevor bo‘ldi.
Strategik alyans: Anadolu Group O‘zbekistonga investitsiya kiritadi
2025 yilning dekabr oyida korxona tarixida burilish nuqtasi bo‘ldi: Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasi SamAuto ustav kapitalidagi 75,2% davlat ulushini xarid qildi. Bitim summasi 80 mln. AQSh dollarini tashkil qildi investor yana shuncha summani zavodning texnologik rivojlanishiga yo‘naltirish majburiyatini zimmasiga oldi. Aksiyalar paketining qolgan qismi teng ulushlarda (12,4% dan) ko‘p yillik yapon hamkorlar – Itochu Corporation va Isuzu Motors Ltd’ga tegishli.

“Iqtisodiyotning erkinlashuvi va jahonga keng ochiqlik O‘zbekiston uchun qator tarmoqlarda, jumladan, avtomobil sanoatida markaziy habga aylanish borasida ajoyib salohiyatni taqdim etadi. Mamlakatda ushbu tarmoq ko‘p yillardan buyon rivojlanib keladi, salmoqli tajriba to‘plangan va investor sifatida bozorga kirib borishda aynan SamAuto biz uchun ideal nomzod bo‘ldi. Strategik rejalarimiz borasida hukumatning qo‘llab-quvvatloviga erishgach, men yaqin besh yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘sha olishimizga umid bog‘layman”, -


















