Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda soliq inspektorlari 10 million so‘m pora olgan paytida ushlandi
Toshkent shahar Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining ikki nafar bosh inspektori oilaviy korxonadan to‘lanmagan soliqlar uchun jarima qo‘llamaslik evaziga 10 million so‘m talab qilgani uchun Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda pora olayotgan vaqtida ushlandi.
Foto: DXX
Toshkent shahar Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining bosh inspektorlari eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazib, go‘yoki korxona har oyda kam miqdorda soliq to‘lab kelayotganini bahona qilgan. Ular to‘lanmagan soliqlar uchun jarima qo‘llamaslik evaziga tadbirkordan 10 million so‘m talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq inspektorlari so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
10:43 / 01.04.2026
Toshkentda pora bilan ushlangan bosh mutaxassis qochmoqchi bo‘ldi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
09:48 / 23.03.2026