Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hegset Driskollni Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatdi – OAV
Deniyel Driskoll vakolat doirasidan chiqib ketganlikda ayblangani ta’kidlanmoqda.
Foto: PA Media
Pentagon rahbari Pit Hegset AQSh armiyasi vaziri Deniyel Driskollni Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar jarayonidan chetlatdi. Hegsetning fikricha, vazir vakolat doirasidan chiqib ketgan. Bu haqda The Telegraph manbalarga tayanib xabar berdi.
«U (Deniel Driskoll) o‘z zimmasiga juda ko‘p narsani olib yubordi va shuning uchun jazolandi», dedi gazeta suhbatdoshi. Nashr manbalari Pentagon rahbarini «paranoik» deb atagan.
Noyabr oyida Deniel Driskollga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSh rejasini taqdim etish topshirilgan edi. Uchrashuv muvaffaqiyatsiz o‘tdi va Ukraina tomoni AQSh takliflarini rad etdi, deb yozdi The Telegraph.
Ikki hafta oldin Driskoll muzokaralarni davom ettirish uchun yana Kiyevga borishi kerak edi, biroq uning tashrifi bekor qilindi, deb yozdi gazeta. Shuningdek, u 1 dekabr kuni Parijda Zelenskiy va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq Driskoll uchrashuvni yana bekor qildi.
Mavzuga oid
21:07 / 29.05.2026
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
18:59 / 29.05.2026
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
13:56 / 29.05.2026
AQShda 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin. Unga Tramp tasviri tushiriladi
09:13 / 29.05.2026