Ta’lim | 10:34 / 13.12.2025
5023
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda IELTS'dan yuqori ball olganlar soni sezilarli ortdi

2020–2025 yillar davomida IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarga yetdi. Yuqori ko‘rsatkichlar qatorida 8,5–9 ball (C2) natija qayd etganlar ham keskin ko‘paygani ma’lum qilindi. 

Foto: Getty images

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilga nisbatan 8,5–9 ball olgan yoshlar soni 47 barobarga oshgan. Shu jumladan, 9 ball natija qayd etganlar 68 nafarni tashkil qilgan. 

Ushbu ko‘rsatkichlar Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi, IDP IELTS hamda AQSh elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilingan. 

Qayd etilishicha, mazkur forum o‘quv markazlari uchun tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan maydon bo‘lib, unda respublika bo‘ylab ko‘plab o‘quv markazlari va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etmoqda. 

Shu bilan birga, avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlarda ham IELTS bo‘yicha o‘sish tendensiyasi qayd etilgan: 2024 yilda 5,5 va undan yuqori olganlar soni sezilarli ko‘paygani, shuningdek 8,5–9 oralig‘idagi natijalar ham yillar kesimida oshgani ta’kidlangan. 

Mavzuga oid