O‘zbekiston | 10:38 / 13.12.2025
1120
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent havosida PM10 va PM2,5 ko‘rsatkichlari me’yordan oshmadi

2025 yil 13 dekabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlariga asosan, Toshkent shahri atmosfera havosida PM10 va PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan oshmagan.

Foto: O‘zgidromet

Monitoring natijalariga ko‘ra, shahar havosida:

  • PM10 ko‘rsatkichi 75 mkg/m³ni tashkil etdi. Bu ruxsat etilgan me’yor — 300 mkg/m³dan oshmagan (me’yorning taxminan 25 foizi);
  • PM2,5 ko‘rsatkichi 53 mkg/m³ bo‘ldi. Bu ham me’yor — 60 mkg/m³dan oshmagan (me’yorning taxminan 88 foizi).

Mutaxassislar izohlariga ko‘ra, PM10 va PM2,5 — havodagi mayda chang zarrachalari bo‘lib, ularning miqdori oshganda nafas yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, ko‘rsatkichlar me’yordan oshmagan bo‘lsa-da, ayniqsa PM2,5 me’yorga yaqin qayd etilgani inobatga olinib, ayrim toifadagi fuqarolar (bolalar, keksa yoshdagilar, nafas yo‘llari kasalliklari bo‘lganlar)ga tashqi muhitda uzoq vaqt qolmaslik, niqobdan foydalanish va xonada shamollatishni oqilona tashkil etish tavsiya etiladi.

Qayd etilishicha, havo sifati bo‘yicha monitoring ishlari avtomatik stansiyalar orqali davom ettiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid