Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi “ChatGPT qotili”ni ishlab chiqdi
Mi Chat assistenti Xiaomi gadjet va servislarida paydo bo‘ladi. Manbalarning izoh berishicha, u sinovlarda raqobatchi modellarni ortda qoldirgan.
Foto: Krea AI
Xitoyning Xiaomi koropratsiyasi sun’iy intellekt asosidagi yangi Mi Chat assistentini ishlab chiqdi, deb xabar berdi ITHome nashri.
Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi neyrotarmoq kompaniyaning sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlari o‘sayotganini namoyish etadi.
Mi Chat assistenti Xiaomi gadjet va servislarida paydo bo‘ladi. U (LLM) MiMo-7B-RL til modeli asosida ishlaydi.
Manbalar Mi Chat assistentini “ChatGPT qotili” deb atamoqda. Ularning izoh berishicha, u sinovlarda raqobatchi modellarni ortda qoldirgan.
Mi Chat taqdimoti Xiaomi 2025 Human Car Home Ecosystem Partner Conference anjumanida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda. Anjuman 17 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 01.05.2026
O‘zbekiston sun’iy intellekt davriga kiryapti: prezident qanday vazifalarni qo‘ydi?
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
00:56 / 20.04.2026