Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodov gol+pas tizimida Turkiya chempionatida yetakchiga aylandi
Turkiya Superligasi 16-tur doirasidagi "Samsunspor" - "Istanbul Boshoqshehir” o‘yinida Eldor Shomurodovning goli va assisti jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shomurodov 66-daqiqada raqibning qo‘pol xatosidan foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol etdi. U 83-daqiqada jamoadoshining goliga assistentlik ham qildi va 87-daqiqada zaxiraga olindi.
U bugungi natijasi bilan gol+pas tizimida Turkiya chempionatida yetakchiga aylandi. Shomurodovning hisobida 11 gol va 2 assist bor.
Undan keyingi o‘rinda “Trabzonspor”ning nigeriyalik hujumchisi Pol Onuachu bormoqda: 11 gol va 1 assist.
Ayni paytda "Istanbul Boshoqshehir” 16 o‘yindan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy olgan.
Mavzuga oid
23:09 / 30.06.2026
Eldor Shomurodovning goli JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi
16:21 / 29.06.2026
Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar
14:49 / 29.06.2026
«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
21:50 / 28.06.2026