Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
17–22 dekabr kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati o‘zgarishi bilan bog‘liq.
O‘zgidromet 17–22 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
«Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», – deyiladi xabarda.