Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy IIBda 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
Navoiy viloyati IIBning barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish, ayniqsa korrupsion jinoyatlarga olib keluvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda rahbarlarga qo‘l ostidagi shaxsiy tarkib ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, har bir xodimga individual yondashish, ularning xizmat faoliyati, ijtimoiy-oilaviy ahvoli hamda ruhiy-psixologik holatini inobatga olgan holda vazifa va topshiriqlar berish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, har bir rahbar o‘z qo‘l ostidagi xodimlar faoliyati uchun javobgar ekani qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 oyi mobaynida xodimlar tomonidan 93 ta turli ko‘rinishdagi salbiy holat sodir etilgan bo‘lib, natijada 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatilgan.

Yig‘ilish davomida esa salbiy harakatlari aniqlangan 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi tayinlandi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlarini xalqchil va professional tuzilmaga aylantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish, xodimlarning jangovar va jismoniy shayligi hamda bilim darajasini yanada yuksaltirish maqsadida qator chora-tadbirlar belgilangan.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026